Линклар

Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiylari yakshanbaga o‘tar kechasi Armaniston hududidini 18 marta o‘qqa tutganini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq esa Ozarbayjon tomoni arman harbiylari so‘nggi 24 soat ichida o‘q otishni to‘xtatish bitimini 108 marta buzganini bildirgan edi.

Xabarda aytilishicha, Armaniston harbiylari ozarbayjon pozitsiyalarini Armaniston va “Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridan” turib, pulemyotlar, minemyotlar va tanklar bilan o‘qqa tutgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligining bildirishicha, arman harbiylari yakshanbaga o‘tar kechasi Tog‘li Qorabog‘ hududida tank hujumi uyushtirishga harakat qilgan. Vazirlik bayonotida ozarbayjon harbiylari bu hujumni qaytargani va armanlarning bir tankini yo‘q qilgani aytiladi.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ hududi bo‘yicha aprel oyining boshlarida bir necha kunlik urush bo‘lib o‘tgan edi. 5 aprel kuni tomonlar o‘q otishni to‘xtatish bitimiga erishgan.

XS
SM
MD
LG