Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zi va Germaniya kantsleri Angela Merkel Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar Moskva Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartirgandagina bekor qilishinishi kerak, degan fikrda sobit ekanini bildirdi.

“Rossiyaga nisbatan sanksiyalar faqat bir marta – Moskva Minsk kelishimi bo‘yicha majburiyatlarini to‘la bajargan paytdagina bekor qilinadi”, dedi Obama 24 aprel kuni Gannoverda Angela Merkel bilan uchrashuvidan so‘ng matbuotga bergan intervyusida.

Merkel Ukrainada o‘q otishni to‘xtatish bitimiga to‘la amal qilinmayotganini ta’kidladi va u Obama bilan 2015 yilda erishilgan Minsk kelishimiga to‘la amal qilinishi masalasini muhokama qilganini bildirdi.

Ukrainada 2014 yil aprelidan beri davom etayotgan janglarda shu kungacha 9100 odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG