Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:30

Qozog‘istonda ajnabiylarga “yer sotilishi”ga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda


Atiraudagi miting ishtirokchilari, 2016 yil 24 apreli.
Atiraudagi miting ishtirokchilari, 2016 yil 24 apreli.

Qozog‘istonning Atirau shahrida 24 aprel kuni Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga qarshi ommaviy miting bo‘lib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilari Yer kodeksiga chet elliklarga yer sotish va ijaraga berish borasida kiritilgan o‘zgartishlarga nisbatan norozilik izhor qildilar.

Atirau markazidagi Isatay-Maxambet maydoniga yakshanba kuni dastlab Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlardan norozi bo‘lgan yuzdan ziyod odam yig‘ildi.

Ularning oldiga Atirau shahar hokimi Nurlan O‘jaev va Atirau viloyat hokimining muovini Salimjan Naqpaev keldi. Rasmiylar kodeksga kiritilgan o‘zgartishlar yuzasidan izoh berishga, ularning Qozog‘iston suverenitetiga tahdid solmasligini tushuntirishga urindilar. Bu orada shahar hokimi yig‘ilganlarga ruxsat etilmagan miting o‘tkazish noqonuniy ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mitingni o‘tkazish uchun atirauliklar shahar hokimiyatiga arizani o‘n kun avval topshirganlar, biroq rasmiylar unga ruxsat bermaganlar.

Yig‘ilganlar tarqalishdan bosh tortganlaridan so‘ng mulozimlar markaziy maydonni tark etganlar, miting ishtirokchilari soni esa orta boshlagan. Faollarning ayrimlari yig‘ilganlarga o‘zini tinch va provokatsiyalarga uchmaslik iltimosi bilan murojaat qilganlar.

Атираудаги "ер сотилиши"га қарши намойишдан лавҳа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00

Ozodlikning qozoq xizmati xabariga ko‘ra, miting o‘tgan maydonda politsiyachilar va “fuqarolik kiyimidagi shaxslar” ko‘p bo‘lgan.

“Yerni chet elliklarga xususiy mulk qilib berish”ga qarshi mitingga ko‘plab atiraulik dehqonlar va neft posyolkalarida istiqomat qiluvchi ishchilar kelgan. Tushdan so‘ng norozilik aksiyasi ishtirokchilar soni mingdan oshdi. Mitingchilar bilan muzokara olib borgani Atirau viloyat hokimi Nurlan No‘g‘aev kelgan. Yig‘ilganlarga o‘z e’tirozlarini yozma shaklda topshirishni taklif qilgan hokim ularning talabini mamlakat rasmiylariga yetkazishga va’da berib ketgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, mahalliy rasmiylar maydonga qaytib, odamlardan tarqalishni so‘raganlar.

Mitingda “yer sotilishiga qarshi” chiqqan faollarni ta’qib qilmaslik talablari ham yangragan.

Bir necha soat davom etgan miting norozilar o‘z talablarini mamlakat hukumati va parlamentiga yetkazish uchun viloyat hokimiga vaqt berishga qaror qilganlaridan so‘ng yakunlangan. Ularga 21 maygacha javob berishga va’da qilganlar.

Atiraudagi norozilik aksiyasi ishtirokchilari Qozog‘iston Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga qarshi chiqqanlar. Bu o‘zgartishlar xorijliklar ishtirokidagi shirkatlar hamda boshqa mamlakat fuqarolariga qishloq xo‘jalik yerlarini xususiy mulk sifatida sotish yoki 25 yilgacha ijaraga topshirishni ko‘zda tutadi.

Bu o‘zgartishlar G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi Uralьsk shahrida istiqomat qiluvchi mahalliy faol Isatay Utepovni ham piketga chiqishga undagan. Yakshanba kuni Uralskdagi Abay haykali oldida bir kishilik norozilik aksiyasi o‘tkazgan faol qo‘lida “Xitoyga yer sotma!” degan plakatni ko‘tarib olgandi.

Isatay Utepovga ko‘ra, xitoylik fuqarolarga qishloq xo‘jalik yerlarini sotish yoki ijaraga berish Qozog‘iston uchun jiddiy ekologik xatar tashishi mumkin.

- Xitoylik yerdan foydalanuvchilarning “nima qilib bo‘lsa ham katta hosil olish” degan shiori bor. Ular kimyoviy moddalar, turli o‘g‘itlardan foydalanadilar va yerga transgen urug‘larni ekadilar. Bu ishdan keyin yer foydalanishga mutlaqo yaramay qolishini, qayta tiklanmasligini hamma tushunadi, - dedi faol.

Utepovning piketi boshlanganidan bir daqiqa o‘tgach, bu yerga politsiya xodimlari kelib, uni politsiya uchastkasiga olib ketganlar. Isatay Utepov o‘tkazgan aksiyasi haqida tushuntirish xati yozib berganidan keyin qo‘yib yuborilgan.

Қозоқ фаоли хитойликларга ер сотмасликни сўрамоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:56 0:00

XS
SM
MD
LG