Линклар

AQSh Prezidenti Barak Obama Suriyada “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashayotgan mahalliy kuchlarga ko‘maklashish maqsadida qo‘shimcha 250 nafar harbiy mutaxassisni jo‘natishga qaror qildi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Obama bu haqda 25 aprel kuni Germaniyada rasman e’lon qiladi. “Islomiy davlat”ga qarshi kurash AQSh prezidentining Saudiya Arabistoni, Britaniya va Germaniyani o‘z ichiga olgan bir haftalik xorijiy safari diqqat markazida bo‘ldi.

Mazkur qaror fuqarolar urushi girdobida qolgan mamlakatda AQSh harbiy hozirligi ko‘lamini sezilarli tarzda oshiradi. Suriyada hozirgi paytda maxsus operatsiyalar bo‘yicha 50ka yaqin mutaxassis bor.

250 harbiyning necha nafari maxsus kuchlarga doir bo‘lishi hozircha ma’lum emas. Obamaning qo‘shimcha harbiylarni jo‘natish to‘g‘risidagi qarori haqida dastlab 24 aprel kuni “The Wall Street Journal” gazetasi xabar qildi.

“Islomiy davlat” ekstremist guruhi Iroqning Mosul va Suriyaning Raqqa shaharlarni bosib olgan. Shu paytgacha salohiyatli tahdid ekanini ko‘rsatib kelayotgan guruh Parij va Bryusseldagi yirik xurujlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG