Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:27

Karimov safari oldidan rossiyalik siyosatchi O‘zbekistonning KXShTga qaytishini bashorat qildi


Islom Karimovning Moskvaga safari oldidan Rossiya Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksey Pushkov "O‘zbekiston oxir-oqibat Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qaytadi", deya bayon qildi. Pushkov TVTs kanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonning "KXShTda ishtirokini to‘xtatishi bu mamlakatning har xil maydonlarda" o‘ynashi bilan bog‘liq, deya ta’kidladi.

1992 yilda MDH mamlakatlari prezidentlarining Toshkentdagi sammitida tuzilgan tashkilotni O‘zbekiston ikki marta tark etgan.

Rossiya yetakchiligidagi KXShTni ilk bor 1999 yilda tark etgan O‘zbekiston Andijon voqealari ortidan 2006 yilda tashkilotga qaytgan edi. 2012 yilda esa Moskva bilan munosabatlarida biroz taranglik kuzatilgan Toshkent yana KXShTdagi ishtirokini to‘xtatishini e’lon qiladi.

Hozirda KXShTga MDH davlatlaridan Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiradi.

XS
SM
MD
LG