Линклар

AQSh Prezidenti Barak Obama 25 aprel kuni Germaniyaning Hannover shahriga qilgan tashrifi chog‘ida Yevropa birligini saqlab qolishga chaqirdi.

Hannoverda o‘tayotgan texnologiya yutuqlari ko‘rgazmasida chiqish qilgan Obama “dunyo kuchli va birlashgan Yevropaga muhtoj”, deya bayon qildi.

Obama shuningdek, NATOga a’zo har bir davlatni harbiy alьyansga hissa qo‘shishga chaqirib, ayrim Yevropa mamlakatlari o‘z mudofaasi masalasida “e’tiborsiz” bo‘lmoqda, deya ta’kidladi. NATOning iyul oyida bo‘ladigan Varshava sammitida alyansning barcha a’zolari umumiy xavfsizlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini eslatishini bildirdi Obama.

Obama shuningdek, Yevropa yetakchilarini Ukrainadagi fuqarolar urushiga aralashayotgan Rossiya Minsk bitimi shartlarini bajarmagunicha sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG