Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:02

Afg‘on prezidenti Pokistonni Tolibonga qarshi kurashishga chaqirdi


Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Pokistonni Tolibonni tinchlik muzokaralariga jalb etishdan ko‘ra, unga qarshi kurashga chaqirdi.

G‘ani 25 aprel kuni parlamentdagi chiqishida ana shunday bayonot qildi. O‘tgan hafta boshida Tolibon harakatining Kobuldagi hujumi oqibatida 64 kishi halok bo‘lib, 340dan oshiq odam jarohatlangan edi.

G‘ani Islomoboddan Afg‘onistondagi Tolibonni tinchlik muzokaralariga jalb etishini istmasligi, balki jangari harakatning “Pokistonda joylashgan yetakchilariga qarshi hujum boshlashini” istashini bildirdi.

Afg‘oniston rasmiylari Pokistonni o‘z hududida joylashgan afg‘on toliblariga qarshi chora ko‘rmayotganlikda ayblab keladi.

Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh Kobul bilan Tolibon o‘rtasida tinchlik muzokaralarni qayta tiklashga harakat qilmoqda, lekin biror natijaga erisha olgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG