Линклар

Qirg‘iziston Oliy sudi huquq faoli Azimjon Asqarovga chiqarilgan hukmni qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Oliy sud raisi Aynash Tokbaeva 25 aprel kungi chiqishida, 2010 yilning dekabrida Asqarovga quyi instansiya sudi tomonida chiqarilgan hukm BMT Insn huquqlar komissiyasining chaqiruviga javob tariqasida qayta ko‘rib chiqilishi kerak, deya bayn qildi.

BMT komissiyasi 21 aprel kuni Bishkek rasmiylari Asqarovni qamoqdan ozod qilishlari kerak deya bayon qildi. Umrbod qamoqqa hukm etilgan huquq faoli o‘ziga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar siyosiy motivlarga asoslanganini aytib keladi.

Qirg‘izistonlik etnik o‘zbek faol 2010 yilda O‘sh va Jalolobodda o‘zbeklar bilan qirg‘izlar o‘rtasida chiqqan nizoni uyushtirganlikda ayblanib, qamoqqa tashlangan.

U shuningdek qonli voqealar paytida militsiya xodimining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ham ayblangan.

2010 yil iyunь voqealari paytida 450 kishi halok bo‘lgan, ularning aksar ko‘pchili o‘zbeklardir.

XS
SM
MD
LG