Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:39

OzodlikOnline: Paxtakor O‘zbekiston mevazor O‘zbekistonga aylanadimi?


Aprel oyida O‘zbekiston prezidenti meva-sabzavot eksportini ko‘paytirishga qaratilgan ikki hujjatni imzolaganidan so‘ng Ozodlikka bog‘bon-fermerlardan kelayotgan shikoyatlar keskin ko‘paydi. Shikoyatlardan “paxta qarg‘ishi” nomini olgan ma’muriy zo‘ravonlikning endilikda meva-sabzavotchilikka aynan ko‘cha boshlagani ayon bo‘ladi. O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni ma’muriy bosimsiz rivojlantirish mumkinmi? Seshanba kungi jonli suhbat shu haqda bo‘ladi.

Yevropa Ittifoqi Qrimning anneksiya qilinishi ortidan Rossiyaga joriy qilgan sanksiyalarga javob tariqasida Kreml ittifoqdan oziq-ovqat¸ xususan¸ meva-sabzavot xarid qilishni taqiqladi.

Rossiya bozorida sezilarli ulushga ega Yevropa meva-sabzavoti importi to‘xtatishidan ko‘p o‘tmay¸ Turkiya Rossiya harbiy uchog‘ini urib tushirdiyu¸ turk meva-sabzavoti ham Kreml qora ro‘yxatiga kiritildi.

Shundan so‘ng¸ dunyoning eng katta davlati iste’mol bozorida paydo bo‘lgan kattagina bo‘shliq o‘rnini to‘ldirish taraddudiga tushganlar ko‘paydi va O‘zbekiston hukumati ham shu qatorga qo‘shildi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ bosh vazir Shavkat Mirziyoev 2015 yil boshidagi selektor yig‘inlaridan birida “Rossiyaga mashina sotish tugadi¸ endi Rossiyaga oshqovoq va meva sotib¸ dollar qilamiz” degan mazmunda gapirgan.

Bu kabi gaplardan ko‘p o‘tmay¸ Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo-sotiqni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazdi va 2015 yil oxiriga kelib¸ O‘zbekiston Rossiyaga 500 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.

2015 yili O‘zbekiston Rossiyaga qiymati 300 million dollarga teng 200 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berganidan kelib chiqilsa¸ bu eksport hajmining 2¸5 baravarga oshganini anglatadi.

O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin yanada kuchaygan paxta yakka hokimligiga barham berish¸ qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish¸ Toshkent hukumatining Jahon banki kabi asosiy xalqaro moliyaviy donorlari tomonidan ilgari surilayotgan talablardan biri bo‘lib kelayotgan edi.

Xususan¸ o‘tgan yil oxirida Jahon banki ayni shu maqsadda O‘zbekistonga yarim milliard dollarlik kredit ajratishga qaror qilgan edi.

Bir tomondan¸ Rossiya bozorida ochilgan yangi imkonlar¸ ikkinchi tomondan¸ jahon bozorida paxta narxining tushib ketgani va uchinchi tomondan¸ xalqaro hamjamiyatdan bo‘layotgan bosimlar birgalikda O‘zbekiston hukumatini meva va sabzavotchilikni qishloq xo‘jaligining istiqbolli yo‘nalishi sifatida tan olib¸ bu sohani kuchaytirishga undaëtgan ko‘rinadi.

Ayni paytda¸ paxta va g‘alla rejasini kamaytirmagan holda¸ meva-sabzavot eksporti hajmini keskin oshirish vazifasining¸ Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ bog‘bon-fermerlar va oddiy dehqonlarga ma’muriy bosimni kuchaytirish evaziga amalga oshirilishiga oid xavotirlar kuchayib bormoqda.

O‘zbekistonda paxtachilik o‘rniga meva-sabzavot va polizchilikni rivojlantirish istiqbollariga qanday qaraysiz?

Sizningcha¸ O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini asosan paxta eksportiga yo‘naltirilgan sohadan meva-sabzavot eksportchisiga qaylantirish uchun nimalar qilish kerak?

O‘zbek bog‘bon-fermerlarining ichki bozordan oshirib¸ xorijga sotadigan darajada meva-sabzavot yetishtirishi uchun ular boshida tayoq o‘ynatish shartmi?

Paxta ekib kosasi oqarmagan o‘zbek fermer-dehqonining meva-sabzavot sotib farovonlikka chiqishiga ishonasizmi?

Bu kabi savollarga oid kuzatishlaringiz bilan seshanba¸ 26 aprel Toshkent vaqti bilan oqshomgi 7 dan 8 ga qadar Ozodlikning jonli suhbatida ishtirok eting.

Muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari¸ shuningdek¸WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420 724 971 539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG