Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:45

Chernobil o‘rmonlarida yong‘in chiqishi xavfi xavotirga sabab bo‘lmoqda


Insoniyat tarixidagi eng ayanchli Atom elektr stantsiyasi halokatidan 30 yil o‘tib, Ukraina shimolidagi Chernobil shahrining radiatsiya bilan zaharlangan o‘rmonlari yangi tahdidni tug‘dirmoqda. Mutaxassislar bu o‘rmonlarda yong‘in chiqadigan taqdirda, atrof muhitga yana radiatsiya tarqalishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Kristian Boris

Chernobil halokatini tadqiq qilayotgan kanadalik olim, doktor Timoti Mussaning aytishicha, shahar atrofidagi hududda joylashgan o‘rmonlar yangi halokatga sabab bo‘lishi mumkin.

Mussa uzoq yillik izlanishlariga asoslangan holda kutilmagan chaqmoq yoki chaqilgan bir dona gugurt hududdagi o‘rmonlarga o‘t ketishiga olib kelishi mumkinligini, natijada zaharli radioaktiv qoldiqlar Yevropa osmonlariga yetib borishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

O‘tgan yil davomida ikki marta Chenobil zonasida katta yong‘in ro‘y berdi. Bu yong‘inlarning atayin uyushtirilgani aytilmoqda. Ammo Mussaga ko‘ra, ular radioaktiv jihatdan xavf tug‘dirmagan.

Lekin sodir bo‘lgan uchinchi yong‘in xavfli zonaning eng zaharlangan qismi bo‘lmish “qizil o‘rmon”ga yetib borgan.

“Yong‘in nisbatan kichik bo‘lgan, shuning uchun uni tezda o‘chirishgan. Lekin u kengroq tarqalganida, jiddiy zarar yetkazishi mumkin edi. U holda o‘rmonda saqlanib qolgan radioaktiv moddalar atrof-muhitga tarqalardi. Natijada radioaktiv zahar shamol yo‘nalishi, yomg‘ir yog‘ishi yoki yog‘masligiga bog‘liq holda boshqa hududlarga yetib olgan bo‘lardi”, deydi Mussa.

Mussa va boshqa olimlarning izlanishlariga ko‘ra, Chernobilda yirik yong‘in ro‘y bersa, Yevropaga seziy-137, stronsiy-90 yoki iod-131 elementlari yetib borishi mumkin.

“Agar halokat ro‘y bergan paytda tuzilgan xaritaga nazar solsangiz, elementlarning turli yo‘nalishlarda tarqalganini ko‘rasiz. Halokat ortidan boshlangan yong‘in 10 kun davom etgan. Tutunlar stratosferagacha etib borgan. Natijada radionuklidlar minglab km masofaga tarqalgan”, deydi olim.

Yer sayyorasining isib borayotgani, ko‘payib borayotgan xazon, qulagan daraxtlar hamda qurigan o‘tlar yong‘in xavfini oshiradi.

“Yer sathidagi organik modda o‘ta radioaktivdir. U quriganidan keyin yong‘in chiqish xavfi oshadi. Aynan shu narsa halokatli o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqaradi”, deydi Mussa.

XS
SM
MD
LG