Линклар

logo-print

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov dushanba oqshomida Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 25 aprel kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga borgan.

Kreml matbuot xizmati kechagi uchrashuv norasmiy xarakterga ega bo‘lganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining rasmiy muzokaralari bugun boshlanishi kutilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Karimov va Putin O‘zbekiston-Rossiya aloqalarini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro xarakterga ega ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Muzokaralar so‘ngida ikki davlat rahbari qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolashi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG