Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:36

Moskvada Putinga arz qilmoqchi bo‘lgan sarxush o‘zbekistonlik tutildi


Karimovning Moskvaga tashrifi arafasida Qizil maydonda Putinning huzuriga kirmoqchi bo‘lgan sarxush o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Lenin mavzoleyi oldida tutilgan 35 yoshli yigit Kremlga kirib, mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashmoqchi bo‘lgani xabar qilinmoqda.

REN TV telekanali manbasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik yigit Putindan fuqarolikka oid savollariga javob olmoqchi bo‘lgan. Xususan, uni nima uchun Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari tez orada Rossiya fuqaroligini olib ketayotganiyu uning oilasi uzoq vaqtdan beri bunga erisholmayotgani kabi masalalar qiziqtirgan.

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlikni psixiatrlar va tez yordam xodimlari ko‘rikdan o‘tkazganlar, ammo uni shifoxonaga yotqizish uchun sabab topmaganlar.

Shundan so‘ng “to‘polonchi” yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid bayonnoma tuzilgan. Endilikda unga 500 rubl miqdorida jarima solishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG