Линклар

logo-print

Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan 25 aprel oqshomida poytaxt Yerevanda avtobus portlaganidan keyin politsiyaga xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurdi.

Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba oqshomida Yerevan markazidagi Halabyan ko‘chasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yetti kishi tan jarohati olgan.

Armaniston politsiyasi rahbari Vladimir Gasparyan portlashga avtobus ichidagi bomba sabab bo‘lganini bildirdi. U bomba avtobusning o‘ng tomonidagi ikkinchi o‘tirg‘ich oldida portlaganini qo‘shimcha qildi.

Hozir politsiya voqea sodir bo‘lgan joydagi kuzatuv kameralari yozuvini o‘rganmoqda. Bomba avtobus ichiga o‘rnatilgan bo‘lganmi yoki u yo‘lovchilardan birida bo‘lganmi – bu haqda politsiyada hozircha biror ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG