Линклар

logo-print

Uzbek Tigers deb nomlangan o‘zbekistonlik bokschilar komandasi Rossiyaning Ulyanovsk shahrida o‘tgan Jahon boks seriyasi musobaqasining chorak finalida 3:2 hisobida Rossiya boks terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.

Dastlabki bosqichda o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliev va Anvar Turopovlar rossiyalik raqiblarini mag‘lub qildi. Qolgan ikki jangda rossiyaliklarning qo‘li baland keldi.

Guruh bosqichida esa o‘zbekistonlik bokschilar komandasi D guruhida ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Jahon boks seriyasi har yili Osiyo, Yevropa va Amerika mintaqalarida mamlakat komandalari ishtirokida o‘tkaziladigan musobaqalardir. Har bir komandaga 54 kilogrammgacha bo‘lgan vazndan 91 kilogrammdan ortiq vazngacha ega bo‘lgan besh bokschi kiradi. Janglar har biri 3 daqiqali 5 raunddan iborat bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG