Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:27

Toshkentda yana gaz ballonli avtoulovlar portladi


O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan avtomashinalarning portlashi so‘nggi paytlarda ko‘p kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan avtomashinalarning portlashi so‘nggi paytlarda ko‘p kuzatilmoqda.

25 aprel kuni Toshkentning Katta xalqa yo‘liga tutash “Rohat” aylanmasida Nexia va Captiva avtomobillariga o‘rnatilgan gaz ballonlari portlashi natijasida kuchli yong‘in kelib chiqdi.

Baxtli tasodif tufayli qurbonlar bo‘lmagan, ammo avtoulovlar tiklanmaydigan holga kelgan.

- “Rohat" avtosaloniga yaqin joydagi portlash, xudo ko‘rsatmasin, eng dahshatlisi bo‘ldi. Ikki mashinaning ramasi qolgan, xolos. Yaxshiyamki, ichida odami yo‘q ekan.

Neksiyadagi gaz balloni kapron ballon ekan, portlab, yonidagi Kaptivaga ham uribdi. Bu mashinada ham gaz o‘rnatilgan ekan. Pojarniy kelguncha, moshinalar yonib tugadi, - deydi voqeaga shohid bo‘lgan toshkentliklardan biri.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi navbatchilik qismi Ozodlik muxbiriga sodir bo‘lgan portlashni tasdiqladi, biroq hodisa tufayli Katta xalqa yo‘lida harakatlanish to‘xtab qolganini rad qildi.

- Ha, shunaqa bo‘lgan. Inspektorlar hodisani o‘rganishmoqda. Katta koltsovoyda bo‘lgan, Rohat tarafda. “DTP bo‘lishi ham mumkin” degan versiya bor, gaz bo‘lishiyam mumkin. Matbuot xizmatiga telefon qiling, ular javob berishadi, - dedi o‘zini navbatchi deb tanishtirgan nozir.

Ozodlik O‘zbekistonda avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi haqida avval ham ko‘plab xabarlar bergan.

Xususan, 2015 yilning oktyabrь oyi oxirida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Jiguli avtomashinasi portlagani, hodisa chog‘ida bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgandik.

Yana o‘tgan yilning 1 oktyabr kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida joylashgan avtomobillarga metan gazi quyish shoxobchasida Neksiya avtomobilining portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Gaz balloni portlashi bilan bog‘liq Toshkentdagi eng dahshatli hodisa o‘tgan yil sentyabr oyida Qo‘yliq bozori yaqinida ro‘y bergandi.

O‘shanda Neksiyaga o‘rnatilgan gaz balloni portlagan va mashinadagi to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.

Ayniqsa gaz balloni o‘rnatilgan mashinalarning to‘qnashuvi ko‘p holatda fojeali yakun topadi.

Andijon viloyatida yuz bergan bunday avtohalokat oqibatida 18 kishi halok bo‘lgandi. Voqea guvohlariga ko‘ra¸ katta tezlikda kelayotgan uchta avtomobilning bir-biri bilan to‘qnashuvi va mashinalardan biriga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida yo‘lovchilarning birortasi omon qolmagan.

XS
SM
MD
LG