Линклар

Turkiyadagi yetakchi muxolif nashrlardan biri hisoblangan “Jumhuriyat” gazetasi bosh muharriri Jan Dundar mamlakat prezidenti Rejap Tayyip Erdo‘g‘onni haqorat qilganlikda ayblanib, 10 ming AQSh dollarilik jarimaga tortilgan.

Bu haqda jurnalistning advokati Bulent Utku ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Jumhuriyat” gazetasi bosh muharririning jarimaga tortilishiga uning 2013 yilgi Turkiyadagi korrupsiya mojarosiga oid maqolasi sabab bo‘lgan.

Utku jurnalist ustidan sud adolatsiz hukm chiqardi, deya yuqori turuvchi instansiyaga arz qilishini bildirdi.

Jurnalist Jan Dundarni o‘zi esa “agar haqiqatni oshkor etish jinoyat bo‘lsa, jinoyat qilishda davom etaveramiz” deya bildirgan.

XS
SM
MD
LG