Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:35

Ukrainadagi Chernobil AESida portlash yuz berganiga 30 yil to‘ldi


Ukrainada Chernobil fojeasining 30 yilligi munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tmoqda.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Chernobil yaqinidagi Slavutich shahrida bo‘ladigan tadbirda qatnashishi kutilmoqda.

1986 yilning 26 aprelida Chernobil AESida ro‘y bergan portlash oqibatida Yevropaning katta hududiga radioaktiv bulut tarqalgan.

Ukraina, Belarus va Rossiya g‘arbidagi mintaqalardan yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan edi.

Chernobil halokati va uning oqibatlarini bartaraf etishda ko‘plab o‘zbekistonliklar ham qatnashgan.

BMTning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Chernobildagi avariya oqibatida katta nurlanish olgan 600 ming odam orasida saraton kasallidan o‘lganlar soni o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt ming barobar ko‘proq ekanini aytadi.

XS
SM
MD
LG