Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:54

Samarada o‘zbekistonliklar bilan to‘la avtobus ag‘darildi


Rossiyaning Samara viloyatida, M-32 trassada seshanba kuni yo‘lovchi avtobusi ag‘darildi.

Halokat oqibatida avtobus ichida bo‘lgan uch o‘zbekistonlik jarohatlandi.

O‘zbekistonliklar bilan to‘la avtobus Qozog‘istonning Chimkent shahridan kecha yo‘lga chiqqan va Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga ketayotgan bo‘lgan.

Politsiyaga ko‘ra, avtobus ichida barchasi o‘zbekistonlik 60 yo‘lovchi bo‘lgan.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG