Линклар

O‘zbekistonlik sportchilar Rio de Janeyroda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga 76ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekistonning rasmiy O‘zA agentligi xabar qildi.

O‘zbekiston sport jamoasi hozirgacha boks bo‘yicha 11ta, yengil atletika bo‘yicha 12ta, eshkak eshish bo‘yicha 8ta, og‘ir atletika bo‘yicha 7ta, suzish 5ta, taekvando bo‘yicha -3ta litsenziyaga ega bo‘ldi.

Shuningdek, paralimpiada o‘yinlariga o‘ttizga yaqin o‘zbek sportchisi yo‘llanmani oldi.

Bu yilgi Olimpiada o‘yinlari Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

Braziliyadagi yozgi Olimpiada o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilarga o‘zbek hukumati 50-60 mln so‘mdan mukofot va’da qilgan. Bundan tashqari Olimpiadada oltin, kumush va bronza medallar uchun alohida mukofotlar beriladi.

XS
SM
MD
LG