Линклар

Bi-Bi-Si Malaysia Airlines shirkatining sharqiy Ukrainada urib tushirilgan MH17 yo‘lovchi uchog‘i haqidagi hali efirga uzatilmagan hujjatli film yuzasidan bildiruv e’lon qildi. Bildiruvda Britaniya matbuoti hujjatli filmni noto‘g‘ri talqin qilishda ayblanadi.

Bi-Bi-Si “MH17ni kim urib tushirdi?” deb ataluvchi yangi hujjatli film qarama-qarshi nazariyalarni betaraf ohangda tahlil qilishini, Sunday Express gazetasi esa dasturni noto‘g‘ri talqin qilganini ta’kidlamoqda.

Bi-Bi-Sining bildirishicha, film uchun intervyu bergan mutaxassislar Moskva hamda kremlparast manbalarning Ukraina harbiy uchog‘ini ayblovchi teoriyasi “ehtimoldan yiroq” ekanligini aytgan. Kremlning bu iddaosini niderlandiyalik tergovchilar ham rad etishgan.

24 aprel kuni Sunday Express gazetasida chop etilgan maqolada Bi-Bi-Si dasturi Ukraina harbiy uchog‘i MH17 reysini urib tushirganini ko‘rsatuvchi yangi dalillarni taqdim etishi aytildi. Tabiiyki, bu maqola Rossiyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

https://twitter.com/Daily_Express/status/724217341433786368/photo/1

Kremlparast manbalar mazkur teoriyani zo‘r berib ilgari surib keladi. Ammo Niderlandiya xavfsizlik kengashi 2015 yilning oktyabrida e’lon qilgan rasmiy hisobotda MN17 reysini rossiyaparast ayirmachilar nazoratidagi mintaqadan otilgan “Buk” rusumidagi yer-havo raketasi urib tushirgani aytilgan edi.

Bi-Bi-Sining bir soat davom etuvchi hujjatli filmi 3 may kuni efirga uzatiladi. Ammo u allaqachon katta munozaraga sabab bo‘lmoqda. Kreml tanqidchilari Bi-Bi-Sini Rossiya o‘ylab topgan fitna nazariyalarini targ‘ib qilishda ayblamoqda.

2014 yilning iyulida Amsterdam-Kuala Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha 298 odamni olib ketayotgan MN17 reysi Ukraina hukumat kuchlari va rossiyaparast ayirmachilar o‘rtasida janglar ayni avjiga chiqqan paytda urib tushirilgan edi. Rasmiy Kiev va g‘arb davlatlari samolyot halokatida ayirmachilarni ayblab keladi.

Kremlparast nashrlar Bi-Bi-Sining yangi filmi g‘arb mamlakatlari iddaolarini rad etishini aytib, jar solmoqda.

“Komsomolskaya pravda” kundalik gazetasida “Bi-Bi-Si filmi: Malayziya “Boing”ini Ukraina harbiy uchog‘i urib tushirgan” sarlavhasi bilan maqola chop etdi.

Bi-Bi-Si 25 aprel kuni e’lon qilgan bildiruvda “Sarlavhalarga qramasdan, dasturdagi mutaxassislar MH17 reysini Ukraina harbiy uchog‘i urib tushirgani “ehtimoldan yiroq” ekanligini aytishgan, chunki harbiy uchoqlar bunday balandlikda ucha olmaydi. Mazkur betaraf hujjatli film MH17 taqdiri haqidagi qarama-qarshi teoriyalarni mutanosib ravishda ko‘rib chiqadi”, deyiladi.

https://twitter.com/OksanaKyzyma/status/724584549922017280/photo/1

Karl Shrek

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG