Линклар

Surxondaryo viloyati Denov tumani, general Sobir Rahimov uchaskasida istiqomat qiladigan Valiya Norova 2 yil muqaddam o‘lgan o‘g‘lining qotillari jazosiz yurganini iddao qilib, ularni sudga tortishda yordam izlayotganini aytmoqda. Ayolning da’vosicha, 40 yashar o‘g‘li Suhrob Qurbonov buyurtma qotillik qurbonidir va mavjud dalillarni sud, prokuratura inobatga olmayotir.

Valiya Norova 1984 yilda tug‘ilgan o‘g‘li - Suhrob Qurbonov 2014 yilning 7 noyabrida uch tanishi bilan ovga chiqqanicha, qaytib kelmaganini aytmoqda.

Ayolning da’vo qilishicha, o‘sha ovda o‘g‘li o‘lgan va so‘ngra sudlovlar bo‘lib, ovga birga chiqqan ikki kishi uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan:

- Qamalgan yigitlardan biri begunoh, biri esa bu jinoyatga aloqador. Aslida o‘g‘lim buyurtma qotillik qurboni bo‘ldi. Buyurtmachilar o‘g‘lim bilan ovga borgan boshqa bir yigitdan qutulmoqchi bo‘lishgan. Ammo, u yigit bundan xabardor bo‘lgani uchun: "Meni falonchi amaldor o‘ldirmoqchi. Men soppa-sog‘man, agar o‘lsam, o‘sha odamdan bilinglar!" deb diskka yozgan va ikkalasining o‘rtasidagi xusumat sabablari, amaldorning jinoyatlariga yiqqan dalil-isbotlarini to‘plab, turli idoralarga tarqatib yuborgan. Buyurtma qotillar esa o‘g‘limni o‘ldirib, o‘sha bechorani o‘g‘limning qotili qilib, qamab yuborishdi. Zakazchik ham, bu ishni 2 ta ot va 8 million so‘mga bajarib bergan qotillar ham ko‘z o‘ngimda yuribdi. Iltimos, shu ishni qayta tergov qilib, aybsizni chiqarib, asl zakazchiklarni jazolatishga yordam bering! Hech kim menga quloq solmayapti! - deb iddao qilmoqda Valiya Norova.

Uning da’vo qilishicha, 2014 yildan buyon Surxondaryo va respublika sud, prokuratura organlariga borgan, shikoyatlar yo‘llagan, ammo uning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmoqda.

Quyida Valiya Norova bilan suhbatni tinglang:

---------------------------------------------------------------------------------------------------

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG