Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:06

Fermerlar “jonidan to‘yib” turgan bir paytda fermerlikka tanlov e’lon qilindi


25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini tanlov asosida berish tartibi to‘g‘risidagi buyrug‘i kuchga kirdi.

Vazir Shuhrat Teshaevning buyrug‘i O‘zbekiston hukumatining meva-sabzavot yetishtirish ko‘lamini keskin oshirish siyosati tufayli fermerlardan shikoyatlar kelayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

"O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami"da 25 aprelda qayd etilgan va shu kundan kuchga kirgan buyruq muqaddimasida aytilishicha, u “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi "Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq”qabul qilingan. (Buyruq va unga tirkalgan ilova matni bilan norma.uz sayti orqali tanishi mumkin).

Buyruqqa tirkalgan ilovada fermer xo‘jaligi yuritmoqchi bo‘lgan shaxsga er uchastkasi berishning algoritmi belgilab qo‘yilgan.

Potensial fermer:

a) Tuman hokimiga yer so‘rab ariza yozadi;

b) Hokim arizani kelib tushgan kuniyoq tuman fermerlari kengashiga yuboradi;

v) Kengash ikki kun mobaynida arizalarni ko‘rib chiqadi va xulosa chiqaradi;

g) Kengash xulosasi ariza bilan birgalikda yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga yuboriladi;

d) Komissiyaga yuborilgan ariza va hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, komissiya ariza bergan shaxsga zudlik bilan yozma xabar beradi;

e) yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya fermer xo‘jaligiga yer uchastkalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi, bayonnoma tuzadi va uni boshqa hujjatlarga, shu jumladan, tuman fermerlari kengashining xulosasiga qo‘shib ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboradi;

yo) Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga taqdim etiladi.

j) Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va uch kun muddatda ushbu qarorni tasdiqlash uchun viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer maydonlarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasiga yuboradi.

Demak, fermer xo‘jaligi tuzmoqchi bo‘lgan shaxsning yer uchastkasi olish uchun tayyorlagan hujjatlari 8 ta chig‘iriqdan o‘tishi kerak va masala viloyat hokimining imzosi bilan hal bo‘ladi.

Bu tartib haqida xabar topgan har qanday kishi O‘zbekistonda fermerlik eng obro‘li kasb ekan, fermer bo‘laman, deganlar hokimliklar oldida turnaqator navbatda turgan bo‘lsa kerak, degan fikrga borishi tabiiy. Balki shundaydir. Lekin Ozodlikka yetib kelayotgan xabarlar bunday o‘ylashga izn bermaydi.

Ayniqsa, O‘zbekiston hukumati meva-sabzavot etishtirish ko‘lamini kengaytirish siyosatini avj oldira boshlagan keyingi kunlarda fermerlar shikoyati ko‘paymoqda.

Ozodlikning 22 aprel kungi bir maqolasida samarqandlik fermerlardan biri viloyat tumanlarida fermer va dehqonlar bilan majlislar o‘tkazilib, unda davlat buyurtmasini 120 foizga bajaraman, degan hujjatlarga qo‘l qo‘ydirilayotgani to‘g‘risida shikoyat qilgan edi.

- Hozir xo‘p deyishdan boshqa choramiz yo‘q. Hosil topshirish vaqti kelganda, yo bozordan meva-sabzavot sotib olib davlat planini topshiramiz, yo yana pul berib qutulamiz. Bo‘lmasa bizning boshimizga ham Mirziyoevning “oybolta”si tushadi. Hozir ko‘p bog‘bon fermerlar yerini tashlab qutulmoqchi bo‘pturibdi, degan edi bog‘bon fermer.

Fermerlar, asosiy ishi qolib, vaqti ajabtovur seminarlarda o‘tayotgani yoki “meva” siyosatini amalga oshirish uchun ekin maydonlari buzdirilayotgani to‘g‘risida ham ularning o‘zlaridan kelgan shikoyatlar asosida tayyorlangan maqolalar bilan tanishgandirsiz.

Bularning barchasi – bu yilgi gaplar. O‘tgan yili esa, hokimlarning haqorat va bosimlariga chiday olmay o‘z joniga qasd qilgan bir necha fermer to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG