Линклар

O‘zbekistonda yerdan turib lazer orqali samolyot uchuvchilarining ko‘zini olgan shaxslarga nisbatan javobgarlik joriy etildi.

Ma’muriy va Jinoiy kodeksga bu borada kiritilgan o‘zgartishlar 26 apreldan boshlab kuchga kirdi.

Ma’muriy kodeksning 116 - moddasi 1 - bandi bilan "uchib ketayotgan samolyotga lazer nuri orqali halaqit bergan shaxs" minimal ish haqining 100dan 200gacha bo‘lgan miqdorida jarima to‘laydi yoki qonunbuzarlik predmetini musodara qilish sharti bilan 15 sutkaga hibs qilinadi.

Fuqaro bu qonunbuzarlikni yana qayta sodir etsa yoki lazer nuri o‘rta va og‘ir tan jarohatlari yetkazgan holatda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksining 263 – moddasi 1-bandiga asosan bunday jinoyat 2 yilga ahloq tuzatish ishlariga jalb qilish yoki 3 oy hibsda saqlash bilan jazolanadi.

Agar bu qonunbuzarlik bir odam o‘limiga sabab bo‘lsa 5 yilgacha, ko‘p odamlar o‘limiga yoki halokatga sabab bo‘lsa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekistonda samolyotlar parvoziga lazer nuri bilan halaqit berilgan 16 holat aniqlangan.

XS
SM
MD
LG