Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:05

Ajrashganlar Toshkentda propiskadan mahrum bo‘ladi


Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganiga bir yil bo‘lmagan shaxs oilasi bilan ajrashsa, u holda propiskasini yo‘qotadi.

O‘zbekiston matbuotining bildirishicha, bu borada “Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga olinishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro‘yxati” to‘g‘risidagi qonunga mana shunday o‘zgartirish kiritilgan.

Mazkur o‘zgartish prezident tomonidan 25 aprel kuni imzolangan va 26 apreldan boshlab kuchga kirgan.

Poytaxtda propiskaga turish to‘g‘risidagi qonun 2011 yilda qabul qilinan edi. Mazkur qonunga asosan Toshkentda va Toshkent viloyatida boshqa hududlardan kelgan 12 toifadagi shaxslar propiska olish huquqiga ega.

XS
SM
MD
LG