Линклар

Rossiya prezidenti matbuot xizmati 27 aprelga o‘tar kechasi prezident Islom Karimovning Moskva safari doirasida imzolangan shartnomalar va hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Kremlь ma’muriyatining bildirishicha, 26 aprel kuni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohaga oid mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi, madaniy-gumanitar, badan tarbiya va sport sohalarida o‘zaro hamkorlik dasturi hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi dasturi imzolangan.

Prezidentlar Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent temir yo‘l injinerligi instituti o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamda akademik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ham imzolagan.

Islom Karimovning Moskva safari 25 aprel kuni boshlanib, 26 aprel kuni nihoyasiga etgan edi.

XS
SM
MD
LG