Линклар

Rossiya harbiy samolyotlari prezident Bashar Assadga muxolif bo‘lgan qurolli isyonchilarni bombardimon qilishni yana boshladi. Bu haqda AQSh matbuotiga “Islomiy davlat” guruhiga qarshi amaliyotlar o‘tkazilishiga rahbarlik qilayotgan amerikalik qo‘mondonlardan biri ma’lum qildi.

“Biz Rossiya kuchlari Halabdan Palmiragacha bo‘lgan hududlarni bombardimon qilganining guvohi bo‘ldik. Rossiya bu mintaqadagi amaliyotlarini yana boshladi”, deb aytgan koalitsiya kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Piter Gersten.

Qo‘mondon AQSh Rossiya harbiylari bilan amaliyotlar o‘tkazish masalasini muvofiqlashtirmayotganini ham ta’kidlagan.

Foxnews telekompaniyasining bildirishicha, Rossiya harbiy amaliyotlarining qayta boshlanishi Suriya masalasida imzolangan xalqaro sulh shartnomasiga zid keladi.

O‘tgan haftada prezident Barak Obama Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, Suriya hukumati muxolifatni bombardimon qilishni to‘xtatishi uchun Moskvani Bashar Assadga bosim ko‘rsatishga chaqirgan edi.

XS
SM
MD
LG