Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:48

Qrim Oliy sudi qrim tatarlari Majlisi ekstremistik tashkilot ekanini tasdiqladi


Qrim Oliy sudi 26 aprel kuni quyi instansiya sudlarining Qrim tatar milliy Majlisini ekstremistik tashkilot deb topish va faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqladi.

Rossiya Adliya vazirligi o‘tgan haftada Qrim tatar xalqi milliy Majlisini ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Qrim tatar liderlaridan biri Refat Chubarov Majlis Kievga ko‘chirilishi va o‘z faoliyatini Ukraina poytaxtidan turib to‘laqonli davom ettirishini ma’lum qildi.

Qrimning 2,5 millionlik aholisining 12 foizini tashkil qiluvchi qrim tatatarlar muxtoriyatning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishiga norozilik bildirib kelmoqda. Qrim tatar xalqi liderlari, jumladan, Mustafo Jamilevga yarim orolga kirish taqiqlab qo‘yilgan. Minglab qrim tatarlari Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan so‘ng uylarini tark etgan.

XS
SM
MD
LG