Линклар

Tolibon Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun Pokistonga o‘z delegatsiyasini jo‘natganini ma’lum qildi. Biroq Afg‘oniston hukumati o‘tgan haftada Tolibon Kobulda terror harakati sodir etgani ortidan tinchlik muzokaralarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Mazkur terror hujumida 64 odam halok bo‘lgan edi.

“Biz toliblar delegatsiyasi Pokistonda ekanini bilamiz, ammo Pokiston o‘z hududidagi toliblarga nisbatan harbiy amaliyotlar o‘tkazish va’dasini bajarmagunicha, biz muzokaralarda ishitirok etmaymiz”, deb bildirdiafg‘on prezidenti Ashraf G‘ani matbuot xizmati.

Royter agentligining bildirishicha, toliblar delegatsiyasi 25 aprel kuni Pokistonning Karachi shahriga kelgan.

Tolibon delegatsiyasi vakillari agentlikka “Kobul rasmiylarining muzokaralarga kelmasligi bizni tashvishlantirmaydi, chunki biz harbiy amaliyotlarni boshladik va hukumatga qarshi janglarda g‘alabalarga erishmoqdamiz”, deb bildirgan.

XS
SM
MD
LG