Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:05

O‘zbekiston Rossiya qurollarini uchinchi davlatlarga eksport qiladi


Islom Karimov va Vladimir Putin Moskvadagi uchrashuv paytida, 26 aprel 2016 yil.
Islom Karimov va Vladimir Putin Moskvadagi uchrashuv paytida, 26 aprel 2016 yil.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Moskva safari doirasida O‘zbekistogn va Rossiya o‘rtasida 5 ta hujjatni imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida eng asosiysi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy sohaga oid mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi bo‘ldi.

Ўзбекистон Россия қуролларини учинчи давлатларга экспорт қилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:33 0:00

Rossiya prezidenti matbuot xizmati 27 aprelga o‘tar kechasi prezident Islom Karimovning Moskva safari doirasida imzolangan shartnomalar va hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Kreml ma’muriyatining bildirishicha, 26 aprel kuni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohaga oid mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi, madaniy-gumanitar, badan tarbiya va sport sohalarida o‘zaro hamkorlik dasturi hamda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi dasturi imzolangan.

Prezidentlar Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent temir yo‘l injinerligi instituti o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamda akademik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ham imzolagan.

Ekspertlar Islom Karimovning Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida O‘zbekistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qaytishi to‘g‘risidagi masala ham ko‘tarilishini bashorat qilgan edilar. Biroq Kreml tarqatgan ma’lumotda bu masala muhokama qilingani haqida aytilmagan.

Ayni paytda Islom Karimov Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston va Rossiya a’zo bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy konfliktga jalb etilmasligi lozimligini alohida ta’kidlagan.

Tahlilchilar fikricha, islom Karimovning Moskva safari doirasida imzolangan eng asosiy hujjat O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy sohaga oid mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi bo‘ldi.

Rossiyalik harbiy tahlilchi Pavel Felgengauerning aytishicha, O‘zbekistonning bugungi kunda Rossiyadan qurol sotib olish ehtimoli ozroq. Biroq O‘zbekiston uchinchi davlatlarga Rossiya qurollarini sotishda hamkor bo‘la olishi mumkin.

- O‘zbekiston bundan avval ham Rossiyadan qurol sotib olgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Rossiyadan qanday qurol sotib olishi haqida nimalar aytilganini bilmayman. Biroq asosiy gap sotib olingan qurollarga pul to‘lash masalasidir. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham gaz va neft narxlari arzonlashi ortidan Rossiyadagi kabi qiyinchiliklar paydo bo‘lgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Rossiyadan juda katta miqdorda qurol sotib olishga ham ojizlik qiladi, - dedi Pavel Felgengauer.

Moskvada nashr etiladigan “Nezavisimaya gazeta” tahlilchisi Viktoriya Panfilovaning aytishicha, g‘arb sanksiyalari ortidan iqtisodiy tanazzulga yuz tutgan Rossiya uchun bugungi kunda qurol sotish asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan va Kreml uchun bu sohadagi hamkorlarning ko‘payishi o‘ta manfaatlidir.

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ hududi uchun urush holatida bo‘lgan Armaniston va Ozarbayjonga ham qurol sotishni to‘xtatayotgani yo‘q. Bu ikki davlat Rossiyaning yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa Rossiya O‘zbekiston bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan Tojikiston va Qirg‘iziston armiyasiga zamonaviy qurollarni sotish bilan shug‘ullanib keladi.

Islom Karimovning Moskva safari 25 aprel kuni boshlanib, 26 aprel kuni nihoyasiga yetgan edi.

XS
SM
MD
LG