Линклар

logo-print

Qirg‘iz Respublikasi parlamenti – Jo‘g‘o‘rqu Keneshning yalpi majlisida Sotsial-demokratlar fraktsiyasi lideri Chinibay Tursunbekov parlament spikeri lavozimiga saylandi.

Tursunbekovning nomzodi uchun 120 o‘rinli parlament majlisida ishtirok etgan 120 deputatning 88 nafari ovoz berdi. Spikerlikka boshqa bir nomzod – Ishoq Masaliev 26 ovoz oldi. Uch deputat ikkala nomzod uchun ham qarshi ovoz berdi, uch byulleten yaroqsiz, deb topildi.

Jo‘g‘o‘rqu Kenesh deputatlari 20 aprel kungi yalpi majlisida o‘zlariga spiker saylay olmagan edi.

Bu haqda xabar qilgan Azattiq radiosiga ko‘ra, yashirin ovoz berish natijalari deputat Isaevga 51, deputat Torobaevga 51 ovoz berilganini ko‘rsatgan.

Qirg‘iziston parlamenti raisi Asilbek Jeenbekov aprelning birinchi yarmida akasi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bosh vazir lavozimini egallagani munosabati bilan iste’fo bergan edi.

XS
SM
MD
LG