Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:05

Tramp 5 ta, Klinton 4 ta shtatda g‘alabani qo‘lga kiritdi


AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlikka nomzod milliarder Donalьd Tramp Respublikachilar partiyasining 5 ta shtatda seshanba kuni o‘tkazilgan birlamchi saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabalar uning nomzodi o‘z partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilishi ehtimolini oshiradi.

Tramp senator Ted Kruz va Ohayo shtati gubernatori Jon Keysiklar ustidan har bir shtatda 50 foizdan ko‘proq ovoz olib g‘alaba qozongan.

Tahlilchilarga ko‘ra, bu yutuqlari Trampga nominatsiya uchun kurashda g‘alaba qozonish uchun yetarli emas. G‘alaba uchun Tramp partiya qurultoyi delegatlaridan 1237 nafarining ovozini olishi lozim.

Trampning asosiy harifi senator Ted Kruz navbatdagi birlamchi saylovlar o‘zi uchun g‘alaba qozonish ehtimollari katta bo‘lgan g‘arbiy va markaziy shtatlarda o‘tishi to‘g‘risida bayonot berdi.

Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton 5 ta shtatdan 4 tasida g‘alaba qozondi. Uning harifi Berni Sanders esa, bitta shtatda ilg‘or bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG