Линклар

Apple kompaniyasi seshanba kuni iPhone smartfonlari sotuvi hajmi birinchi bor qisqarganini e’lon qildi. Joriy yilning birinchi choragida kompaniya 51 millionta sotgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagidan 10 milliontaga ozdir.

Aytilishicha, sotuvning qisqarishiga Apple mahsulotlari uchun eng perspektiv hisoblangan Xitoyda talabning pasayib ketgani sababdir.

2007 yilda birinchi bor sotuvga chiqarilgan iPhone smartfonlari dunyo bo‘ylab biznes tarixida eng muvaffaqiyatli iste’mol tovariga aylangan. iPhonening misliko‘rilmagan darajada ommalashgani, shuningdek, iPad planshetlari va iPod pleerlarining savdosi chaqqon bo‘lgani tufayli Apple kaptilizatsiyasi qariyb 600 mlrd. dollarga etgan, yillik daromadi 230 mlrd. dollardan oshgan, jahondagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

Tahlilchilar Apple mahsulotlari sotuvi qisqarishini bozorning to‘yinib qolgani bilan izohlamoqda. Ularning fikricha, bozordagi liderlikni qo‘ldan chiqarmaslik uchun kompaniya innovatsion mahsulot ishlab chiqarishi kerak.

XS
SM
MD
LG