Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:05

Islom Karimov Internetda ekstremistik materiallar uchun jazoni kuchaytirdi


JKning 244-moddasi O‘zbekistonda diniy motivlar bilan hibsga olingan fuqarolarga nisbatan odatda qo‘llaniladigan asosiy moddalardan biridir.
JKning 244-moddasi O‘zbekistonda diniy motivlar bilan hibsga olingan fuqarolarga nisbatan odatda qo‘llaniladigan asosiy moddalardan biridir.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksiga 26 aprel kuni prezident imzolagan qonunga binoan kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari, xususan, Internetda chop qilingan diniy materiallar rasmiylar tarafidan ekstremistik, deb topiladigan taqdirda, muallif 5 yildan 8 yilgacha qamoqqa hukm etilishi mumkin.

O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarida ekstremizmni targ‘ib qilganlik uchun jazo kuchaytirildi.

Prezident Islom Karimov 26 aprel kuni imzolagan qonunga binoan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksiga kiritilglan o‘zgartishlar matbuotda diniy ekstremizm g‘oyalarini tarqatganlik uchun jazo qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.

JKning “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish”ga doir 2441-moddasiga “ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlari, hamda Internet jahon informatsion tarmog‘i vositasida”, degan qo‘shimcha kiritildi.

Rasmiy matbuotda e’lon qilingan qonunga binoan, mazkur moddaning 1-qismidagi “tayyorlash yoki tarqatish”, degan so‘zlar “tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish”, degan so‘zlar bilan almashtirilgan. Moddaning birinchi qismidagi “shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa”, degan so‘zlar “shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash”, degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

2441-moddaning 2-qismi “shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilgan.

Ayni moddaning 3-qismi “v” bandi quyidagi mazmundagi “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan:
“v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon ¬axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa”.

Bu o‘zgartishlarga ko‘ra, bundan keyin ommaviy axborot vositasi, xususan Internetda chop qilingan diniy material rasmiylar tarafidan ekstremistik, deb topiladigan bo‘lsa, uni e’lon qilgan muallif 5 yildan 8 yilgacha qamoq bilan jazolanishi mumkin bo‘ladi.

JKning 2441-moddasi O‘zbekistonda diniy motivlar bilan hibsga olingan fuqarolarga nisbatan odatda qo‘llaniladigan asosiy moddalardan biridir.

XS
SM
MD
LG