Линклар

logo-print

O‘zbekistonda pensiya tayinlanishi uchun eng kam ish staji 5 yildan 7 yilga uzaytiriladi.

O‘zbekiston prezidenti imzolagan qonunga binoan “Fuqarolarni davlat pensiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, pensiya yoshiga yetgan lekin to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga pensiya tayinlanishi uchun ish staji kamida 7 yilni tashkil etishi talab qilinadi. Shu paytgacha mehnat pensiyasini olish uchun eng kam ish staji 5 yil bo‘lgan va bu joriy yil 1 iyuliga qadar saqlanib qoladi.

Mazkur qonun mart oyida O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, etarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadigan pensiya miqdori mavjud ish stajiga mutanosib tarzda belgilanadi.

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish uchun yetarli bo‘lgan to‘liq ish staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa 20 yilni tashkil etadi. O‘zbekistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh qilib belgilangan.

Pensiya to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlarning kiritilishi O‘zbekistonda pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq muammolar keng tarqalgan paytga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakat bo‘ylab pensiyalarning kechikishi, pensiyaning katta qismi naqdsiz ko‘rinishda berilishi qariyalarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan.

XS
SM
MD
LG