Линклар

logo-print

Yevropa Ittifoqi Qrim tatarlari Majlisining taqiqlab qo‘yilganini qrim tatarlari huquqlariga jiddiy hujum va Rossiya anneksiya qilgan Qrimda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yanada yomonlashuvi sifatida baholadi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi aloqalar xizmati bayonotida aytildi.

“Zudlik bilan inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarga rioya qilinishi hamda xalqaro huquq doirasidagi, xususan qrim tatarlari jamoasiga nisbatan majburiyatlar bajarilishi ta’minlanishi lozim”, deyilgan bayonotda.

Qrim Oliy sudi 26 aprel kuni quyi instansiya sudlarining Qrim tatar milliy Majlisini "ekstremistik tashkilot deb topish va faoliyatini to‘xtatish" to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqladi.

Rossiya Adliya vazirligi o‘tgan haftada Qrim tatar xalqi milliy Majlisini ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Qrim tatar liderlaridan biri Refat Chubarov Majlis Kievga ko‘chirilishi va o‘z faoliyatini Ukraina poytaxtidan turib to‘laqonli davom ettirishini ma’lum qildi.

Qrimning 2,5 millionlik aholisining 12 foizini tashkil qiluvchi qrim tatarlar muxtoriyatning Rossiya tomonidan annektsiya qilinishiga norozilik bildirib kelmoqda. Qrim tatar xalqi liderlari, jumladan, Mustafo Jamilevga yarim orolga kirish taqiqlab qo‘yilgan. Minglab qrim tatarlari Qrim Rossiyaga anneksiya qilinganidan so‘ng uylarini tark etgan.

XS
SM
MD
LG