Линклар

logo-print

BahsOnlinening bu galgi soniga O‘zbekistonda telekanallar orqali hamda kinoteatrlarda namoyish qilinadigan Rossiya kinolari, teleseriallari ko‘rsatilishi tarafdorlari va qarshilarni taklif qilamiz. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 28 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko yaqinda 2014 yilning 1 yanvaridan keyin Rossiyada suratga olingan filьmlarning Ukrainada namoyish qilinishini taqiqlovchi qonunga qo‘l qo‘ydi.

20 aprel kuni imzolangan ushbu hujjatga ko‘ra¸ 1991 yildan keyin suratga olingan Rossiya filmlarida Kreml faoliyati ulug‘langan bo‘lsa¸ ularni ham Ukrainada ko‘rsatish ham taqiqlandi.

Mazkur qonunning Ukraina milliy xavfsizligini himoyalash¸ separatchilik kayfiyatlarini kamaytirish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Aksar aholisi ham rus¸ ham ukrain tilida gaplashuvchi Ukraina kino bozorini ko‘pdan beri Rossiya teleseriallari egallab kelmoqda. Shuningdek¸ Ukraina va Rossiya telekanallari hamkorlikda qator badiiy va telefilьmlar suratga olib kelgan.

Ayni paytda O‘zbekistondagi kabel televidenielarning aksarini rus kanallari egallagan. Kuzatuvchilarning aytishlaricha, Rossiyaning imperialistik siyosatini ulug‘lovchi ko‘rsatuvlar va filmlar o‘zbek tomoshabinining ham zehniyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Xo‘sh, siz ham Rossiya kinolari va teleseriallarining O‘zbekistondaa ko‘rsatilmasligi tarafdori bo‘la olasizmi yoki yo‘q?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 28 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

Marhamat, biz bilan bog`laning:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713

SKYPE: Ozodskype, Ozodlikonline, Ozodovoz

XS
SM
MD
LG