Линклар

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon o‘z Instagram sahifasida 27 aprel kuni qizlik bo‘lganini xabar qildi.

Shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Ulug‘imsan vatanim” she’rini qo‘shiqqa solgan Sevara Nazarxonning AQShda ko‘zi yorigani aytilmoqda.

Instagramdagi yozuvga qaraganda¸ qo‘shiqchi o‘z qiziga Imon Anvar deb nom qo‘ygan. O‘z prodyuseri Bahrom Primqulovga turmushga chiqqan Nazarxonning Dengiz ismlik 7 yashar o‘g‘li bor.

Sevara Nazarxon Rossiya va Yevropaning taniqli rok xonandalari bilan duet kuylab¸ O‘zbekiston tashqarisida ham tanilgan sanoqli o‘zbek qo‘shiqchilaridan sanaladi.

XS
SM
MD
LG