Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:26

Akademik G‘ani Abdurahmonov olamdan o‘tdi


Yirik tilshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘ani Abdurahmonov 91 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston axborot agentliklari xabar bermoqda.

1925 yili Farg‘onada tug‘ilgan G‘ani Abdurahmonov o‘z shahridagi pedagogika institutini bitirgach, shu oliygohda o‘qituvchi sifatida ish faoliyatini boshlagan. U 1950 yilda nomzodlik, 1962 yilda esa doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1968 yishi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi etib saylangan.

Iqtidorli olim G‘ani Abdurahmonov 60 yillik faoliyati davomida o‘zbek tilshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shgan, ko‘plab monografiyalar, kitoblar va maqolalar ta’lif etgan, uning rahbarligida ko‘plab lug‘atlar tuzilgan. Shuningdek, u tilshunos yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilgan.

XS
SM
MD
LG