Линклар

Turkiya shimoliy-g‘arbida joylashgan Bursa shahrida Katta Jome’ (Ulucami) oldida sodir bo‘lgan portlashda 8 kishi tan jarohati oldi. Bombani xudkush ayol harakatga keltirgani aytilmoqda. Bu Bursada joriy yil boshidan beri sodir etilgan teraktlarning beshinchisidir.

Terror xurujini qoralagan Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘li chorshanba kungi telemurojaatida: “Bu bizning o‘lkamiz, xalqimiz, osoyishtaligimizga qaratilgan bir hujumdir”, dedi va mazkur hujum Turkiyani terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha qat’iy pozitsiyasidan chekintira olmasligini urg‘uladi.

Bursadagi hujum uchun mas’uliyatni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Bursa kattaligi bo‘yicha Turkiyada to‘rtinchi shahar bo‘lib hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG