Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:59

Ukraina va Turkiya bosh diplomatlari Qrim tatarlari majlisi taqiqlanishini qoraladilar


Ukraina va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Pavlo Klimkin va Mevlut Chavusho‘g‘li 27 aprel kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qrimdagi vaziyatni muhokama qildilar.

Vazirlar Rossiyaning Qrim-tatar xalqi majlisi faoliyatini ekstremistik deb topish haqidagi qarorini qoraladilar. “Tomonlar Qrimda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha forumlar va xalqaro tashkilotlar doirasida harakatlarni o‘zaro muvofiqlashtirishga kelishib oldilar”, deya xabar qiladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ukraina TIV matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur ikki tomonlama uchrashuv Pekinda o‘tkazilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch o‘lchovi bo‘yicha kengash doirasida bo‘lib o‘tgan.

26 aprel kuni Qrim Oliy sudi Qrim-tatar xalqi majlisini ekstremistik tashkilot, deb topgan va uning faoliyatini Rossiya hududida taqiqlab qo‘ygan.

XS
SM
MD
LG