Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:49

Rossiya qamog‘idagi Savchenkoga ekstraditsiya hujjatlari taqdim qilindi


Rossiyada uzoq muddatga qamalgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoga uni Ukrainaga ekstraditsiya qilish uchun kerak bo‘lgan rasmiy hujjatlar taqdim qilindi. Bu haqda uning advokati Mark Feygin ma’lum qildi.

Feyginga ko‘ra, advokat Nikolay Polozov 29 aprel kuni Novocherkassk hibsxonasida o‘tirgan Savchenko ziyoratiga borib, hujjatlarni to‘ldirishda unga yordamlashadi.

Feygin Savchenkoning Rossiyadan Ukrainaga ekstraditsiyasi bir necha oyga cho‘zilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

22 mart kuni Rossiya sudi uchuvchi Nadejda Savchenkoni Ukraina sharqidagi urushni yoritayotgan ikki nafar rus jurnalisti o‘limida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Nadejda Savchenko o‘ziga nisbatan ayblovlarni “uydirilgan” deb atab, ularni tamoman rad qilib keladi.

34 yoshli Savchenkoni Ukrainada milliy qahramon va Qrimni tortib olgan Rossiyaga qarshi kurash tamsilchisi, deb biladilar.

Avvalroq Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Savchenkoni Donbassda asir olingan rus askarlariga almashtirish borasida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kelishuvga erishgani haqida bildirgandi.

XS
SM
MD
LG