Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:47

O‘zbekistonga eskirgan texnologiya olib kirganlar 20 yilgacha qamalishi mumkin


O‘zbekistonga eskirgan ishlab chiqarish uskunalari va texnologiya import qilganlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jinoyat kodeksiga bu borada kiritilgan tuzatishlar prezident Islom Karimov tomonidan imzolangan.

Podrobno.uz saytining xabar qilishicha, qonun bilan Jinoyat kodeksiga ishlatilgan, ishdan chiqqan, ma’nan eskirgan yoki zamonaviy talablarga javob bera olmaydigan, respublika manfaatiga yirik miqdorda zarar etkazgan uskuna va texnologiyalarni mamlakatga olib kirganlik uchun jazo choralariga tuzatish kirilgan.

Endilikda bu yo‘nalishda yirik miqdorda (eng kam oylik ish haqining 500 va undan ko‘p barobari) zarar etkazgan uyushgan guruhga 8 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Modernizatsiya dasturi doirasida O‘zbekistonga import qilinayotgan texnologik jihozlarning yasalish muddati mamlakatga olib kirilguniga qadar uch yildan oshmasligi zarur.

XS
SM
MD
LG