Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:12

Xorazmda chaqalog‘ini zovurga cho‘ktirgan yosh ayol hibsga olindi


Chaqaloqning jasadi shunga o‘xshash zovurdan topilgan.
Chaqaloqning jasadi shunga o‘xshash zovurdan topilgan.

Shu yil fevralida Urganchdagi "Dovdan" zovuri yonida tug‘ib, chaqalog‘ini suvga cho‘ktirgan 31 yashar ayol ustidan jinoiy ish ochildi. O‘z chaqalog‘ini o‘ldirishda ayblanayotgan ersiz ayol¸ Urganchdagi manbaga ko‘ra, zovur bo‘yida yolg‘iz holida o‘lik bola tuqqach¸ undan qutulishga qaror qilgan.

Ozodlikning Urganchdagi manbasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, chaqalog‘i zovurdan topilganidan biroz o‘tib ushlangan 31 yashar ayol (uning ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum¸ ammo tergov manfaatlaridan kelib chiqib¸ e’lon qilinmayotir -tahr.) hozirda hibsda saqlanmoqda. Urganch tuman prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 99-moddasi - "Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.

"Ishni prokuratura ko‘rib turibdi. O‘zi voqea shu yilning fevralida bo‘lgan. O‘sha kuni "Dovdan" zovurining yoqasida bir o‘zi bolasini tuqqan. Aftidan bola o‘lik tug‘ilgan va bu ayol bolani suvga tashlagan. Keyin chaqaloqni 25 fevral kuni kunduzgi birlarda suvdan topishgan. Chaqaloq jasadini ekspertiza qilishganida, uning suvga o‘lik holda tashlangani, tan jarohatlari yo‘qligi aniqlangan. Hozir tergov borayapti", dedi Urganchdagi ismi oshkor qilinmaëtgan manba.

Hozircha jinoyat sabab va motivlari Ozodlikka ma’lum emas.

Urganchdagi manbalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari uni yengiltabiat ayol sifatida qayd etgan:

"Ersiz, yengiltabiat ayol bo‘lgan, deb yozilganda hujjatlarda. Unga-bunga borib-kelib yurgan. Bolani ham ersiz tuqqan va suvga tashlab ketgan. Nimaga bunday ish qilgan, oilasi qayoqqa qaragan, bolaning otasi kim - prokuratura surishtirib turibdi hozir", dedi Ozodlik manbasi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishcha, Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida yashagan bu ayol muqaddam ham O‘zbekiston Jinoyat Kodeksinining 168- moddasi asosida "tovlamachilik"da ayblanib¸ sudlangan.

Ozodlikka oddiy o‘zbekistonliklardan tug‘ilishi bilan o‘ldirilgan yoki tashlab ketilgan chaqaloqlar haqida xabarlar kelishda davom etmoqda.

Shu yilning ​2 fevralida Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Tibbiyot birlashmasi Ginekologiya bo‘limining hojatxonasidan 8 oylik homila murdasi topilgan edi. Chiroqchi militsiyasi o‘lik chaqaloqning DNK analizlari asosida uni onasini qidirmoqda.

O‘tgan yil iyul oyida Qashqadarë viloyatining ayni Chiroqchi tuman markazidagi maktab axlatxonasida itlar g‘ajib ketgan yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topilgan edi.

Andijonda uch oy avval axlat qutisidan tug‘ilishi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan chaqaloq murdasi topilishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Tergov davomida bolaning onasi va qotili shu sauna oshxonasida ishlovchi qiz ekani aniqlangan.

O‘tgan yilning iyul oyida Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yashar qiz tuqqan chaqalog‘ini molxonaga tashlab ketgan va bir necha soatdan keyin topilgan chaqaloq kasalxonada jon bergan edi.

XS
SM
MD
LG