Линклар

Bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov yetakchiligidagi yangi qirg‘iz hukumati bugun qasamyodga keltirildi.

Bishkekda o‘tkazilgan rasmiy marosimda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev ham ishtirok etdi.

Avvalgi Bosh vazir Temir Sariev korrupsiya janjali ortidan iste’foga chiqqanidan so‘ng¸ Qirg‘iziston parlamenti 13 aprel kuni Jeenbekovni Bosh vazir etib saylagan edi.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Bosh vazirlikka saylanishi bilan uning parlament spikeri bo‘lgan ukasi bu lavozimdan iste’fo berdi.

Parlament kechagi majlisida Sotsial-demokratik partiya vakili Chinibay Tursunbekovni parlament yangi spikeri etib sayladi.

XS
SM
MD
LG