Линклар

logo-print

Qozog‘iston Bosh prokurori Jaqip Asanov yerni xususiylashtirishga oid soxta ma’lumot tarqatishning ham jinoyat ekanidan ogohlantirdi.

Bugungi bayonotida Bosh prokuror matbuot va Internetda xorijiylarga ham yerga egalik haqqi berilishiga oid tarqalayotgan ma’lumotlarni “soxta” deb atadi.

“Yolg‘on ma’lumot asosida ruxsat berilmagan jamoat yig‘inlari o‘tkazishga chaqirish va ijtimoiy tartibsizlik urug‘larini sochish qonun tomonidan jazolanadi”¸ deyiladi Qozog‘iston Bosh prokurori bayonotida.

Bu ogohlantiruv arafasida kecha Aqto‘be va Semey shaharlarida xorijliklarga “yer sotilishi”ga qarshi ruxsat etilmagan ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi va ularda yuzlab odam ishtirok etdi.

Ruxsat etilmagan miting 24 aprel kuni Atirau shahrida ham bo‘lib o‘tgan, unda ming nafargacha odam ishtirok etgan edi.

Bu norozilik aksiyalariga Ostona rasmiylarining joriy yil 1 iyulidan 1 million 700 ming gektar yer kimoshdiga qo‘yilishi haqidagi bayonotlari sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG