Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:12

Andijon "Eski shahar" bozori buzilishi ortidan savdogarlar banklarga qarzini to‘lolmayapti


Andijonning "Eski shahar" bozori 2015 yil iyunida bir kechada buzib tashlangan edi
Andijonning "Eski shahar" bozori 2015 yil iyunida bir kechada buzib tashlangan edi

OzodMikrofon rukniga Andijondan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor o‘tgan yili mahalliy hukumat “Eski shahar” bozorini buzishi oqibatida ishsiz qolib, hozirda bankdan olgan kreditlarni to‘lolmay qiyin ahvolga tushib qolganini gapirdi.

Mahalliy hokimiyat vakillaridan hadiksiragani bois ismini ochiqlamasligimizni iltimos qilgan tadbirkor Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bozor buzilayotgan paytda savdogarlarga yordam ko‘rsatishi to‘g‘risida bergan va’dalaridan birortasini bajarmagani, haqdor bank vakillariga yozib bergan tilxatidan tonayotganini aytadi.

OzodMikrofon: Андижоннинг "Эски шаҳар" бозори бузилиши ортидан савдогарлар банкларга қарзини тўлолмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:49 0:00
Бевосита линк


---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

Andijon shahrining Eski shahar qismida joylashgan qadimiy "Eski shahar" markaziy dehqon bozori 2015 yilning iyun oyida viloyat hokimi buyrug‘i bilan bir kechada buldozerlar bilan buzib tashlangani haqida Ozodlik xabar qilgan edi. Tadbirkorlar o‘z do‘konlari joylashgan bozor buzilishi to‘risida ogohlantirilmagan va do‘konlaridan mollarini zo‘rg‘a tashib saqlab qolishgan edi.

XS
SM
MD
LG