Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:01

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlardan aholini ko‘chira olmayapti


O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi "Do‘stlik" chegara bekati.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi "Do‘stlik" chegara bekati.

O‘sh shahri yaqindagi “Do‘stlik” qirg‘iz-o‘zbek chegara punktining neytral hududida joylashgan qirg‘iz fuqarolari yashovchi 34 xonadonni buzish va odamlarni boshqa joyga ko‘chirish masalasida mahalliy aholi hamda hukumat o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Qirg‘iziston YevrOsiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilganidan so‘ng chegara hududida yashovchi aholini boshqa joylarga ko‘chirish mas’uliyatiga ega bo‘lgan. Shu sababli hukumat O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarda joylashgan hovli-joylarni sotib olish harakatini boshlab yubordi.

Ayni paytda mahalliy aholi hukumat tomonidan uylar arzon baholanganini aytib, chegara hududidan boshqa joyga ko‘chishga rozi bo‘lmayapti.

Uyi buzilishi kerak bo‘lganlardan biri Rahimjon Nurmatov. Uning 12,5 sotixli hovlisi 27 ming dollarga baholanmoqda. Bu esa bozor narxidan bir necha barobar arzondir.

Rahimjon otaning o‘g‘li Odiljon Nurmatovga ko‘ra, ular uylarining bozor narxida baholanishini talab qilishayapti:

-Nurmatov Rahimjonning 12,5 sotixli uyiga 1 million 824 ming pul belgilashgan. U pulga biz quruq yer ham ololmaymiz. Bizni yonimizda uylar, quruq yerigina 5 sotixi 15 ming dollar bo‘layapti. Biz bergan puliga uyni tashlab chiqib ketsak, quruq yer olishimiz mumkin, biroq uy qura olmaymiz. Biz bozor narxida sotib olishsin deyapmiz. O‘rtacha hisobda men o‘z uyimni 10 millon so‘mga baholayapman, - deydi Odiljon Nurmatov.

Mushtariyga tushunarliroq bo‘lish uchun aytish joizki, 100 AQSh dollari taqriban 6800 qirg‘iz so‘miga to‘g‘ri keladi.

"Do‘stlik" chegara bekati Qorasuv tumanining Qizilqishloq degan hududida joylashgan. Buzilishi rejalangan 34 uy ham shu qishloq hukumatiga qarashli. Shu sababli “Do‘stlik” chegara bekati Bojxona xizmati rasmiylari uylarni sotib olishga 55 million qirg‘iz so‘mi taklif qilib, aholini ko‘chirish majburiyatini qishloq hukumatiga topshirgan.

Qishloq hukumatining yer masalalari bo‘yicha mutaxassisi Hamidillo Madalievga ko‘ra:

- "Do‘stlik" chegara bekati mustaqil baholovchi shirkatni yollagan. Ular chegara bekatidagi 34 uyning umumiy bahosini 55 million somga baholagan. Hozir bojxona xizmati shu 34 uyni to‘laligicha sotib olmoqchi bo‘layapti. Uy egalari bu pullarni olib, boshqa yerdan uy yoki yer sotib oladimi ularning ishi. Biz ularga yer berolmaymiz. Negaki ekin yerlarini transformatsiyalashga moratoriy kiritilgan. Qishloq hukumatida yer yo‘q.

Unga ko‘ra, Qirg‘izistonda hususiy uylarni davlat tomonidan sotib olish qonun-qoidalari shu kungacha ishlab chiqilmagan. Aholi bilan hukumatning ikki yildan buyon hal bo‘lmay kelayotgan talash masalasiga endilikda “Interbilim” huquqni himoya qilish markazi ham aralashdi.

Markaz rahbari Gulg‘aqi Mamasalieva gapiradi:

- Menimcha mulkni baholovchi kompaniya Bojxona xizmati buyrug‘inigina bajarmoqda. Uylarni holis baholashmagan. Bundan tashqari davlat faqat uy va yerni baholamay, uni ko‘chirish, boshqa uy qurishga sarflanuvchi harajatlarni, uy qurilgunicha yashash uchun ketuvchi chiqimlarini va mavjud bog‘larning yil sayin beruvchi mevasini ham qo‘shib hisoblashi kerak edi. Biz mazkur 34 oilaga bepul yuridik maslahatlar va sudda ular huquqini himoya qiluvchi advokatlar beramiz. Davlat hususiy uylarni sotib olishida qonun doirasidan chiqmasligini sud orqali bo‘lsa ham talab qilamiz. Hozir Bojxona xizmati taklif qilayotgan pul miqdori bilan aholi so‘rayotgan pulning farqi uch barobar bo‘lyapti, - deydi Gulg‘aqi Mamasalieva.

Qirg‘iziston Bojxona xizmati mulklarni baholashni "Slavyanskiy Vostok" kompaniyasiga topshirgan. Kompaniya esa chegara bekatida joylashgan 34 uyning har biriga o‘rtacha 1,5 millon so‘mdan narx belgilagan.

Aytish joizki, “Do‘stlik” qirg‘iz-o‘zbek chegarasining O‘zbekiston tomonidagi uylar bundan uch yil avval boshqa hududlarga ko‘chirilgan.

XS
SM
MD
LG