Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:32

Rayhonning eri bilan ehtirosli klipda tushgan Lola, karikatura qilingan hokim


Lola Rayhonning eri bilan ehtirosli sahnada chiqqani uchun tanqidga uchradi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi. Andijonda kelin-kuyovga “Xamsa” va “Boburnoma” sovg‘a qilish urfga kirmoqda. Mushtum karikaturasi ayrim hokimlarni hajv qildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Lola Rayhonning eri bilan ehtirosli sahnada chiqqan uchun tanqidga uchradi

Xonanda Lola Yo‘ldosheva “Sog‘indim” klipida dugonasi Rayhonning turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ehtirosli sahnalarda ko‘ringani bois tanqidlarga uchradi (“Darakchi”, 28 aprel). Muxlislarga ko‘ra, Lola atayin Rayhonning turmush o‘rtog‘i bilan ehtirosli kadrlarda suratga tushib, dugonasining jahlini chiqarishga uringan. Lola Yo‘ldoshevaning o‘zi esa ushbu holatni izohlab “Menimcha shaxsiy hayot bilan ishni bir-biriga aralashtirish to‘g‘ri emas” degan.

Andijonda kelin-kuyovga “Xamsa” va “Boburnoma” sovg‘a qilish urfga kirmoqda

Andijon viloyatida to‘yi bo‘layotgan kelin-kuyovga Navoiyning “Xamsa” va Boburning “Boburnoma” kitoblarini hadya qilish urfga kirmoqda (“Hurriyat”, 27 aprel). Viloyatdagi bir necha yosh oilaga ana shu kitoblar sovg‘a qilingan. “Qaniydi, qiz chiqarayotgan, o‘g‘il uylayotgan barcha ota-onalar, ammayu xolalar ham shunday qilishsa! O‘ylaymizki, bu tashabbus qanot yozadi” deydi muallif. Maqolada gruzinlar kelinlar sepiga Shota Rustavelining “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” kitobini qo‘yishi ibrat sifatida keltirilgan.

“Mushtum” jurnali ayrim hokim va shirkat raislarini hajv qildi

Mushtum jurnali 2016 yil 1-sonida foyda ketidan quvib, ta’lim va ma’rifat masalalariga e’tibor qaratmayotgan hokimlar hamda va’daboz shirkat raislarini karikatura qildi.

Qoraqalpog‘istonlik Hotam Toiy Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin edi

Qoraqalpog‘istonlik marhum ingliz tili o‘qituvchisi Allaniyoz O‘teniyozov Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin edi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Uzoq yillar o‘qituvchilik qilgan A.O‘teniyozov umri davomida o‘z qo‘llari bilan 40 ta turar-joy, 2 ta maktab, 2 ta bog‘cha, 2 ta shifoxona, 1 ta kutubxona qurgan, 15 gektar maydonga daraxt o‘tqazgan. Unga 2011 yili "O‘zbekiston qahramoni" unvoni berilgan. Marhum muallim Qoraqalpoq diyoridan chiqqan Hotam Toiy, deb sifatlangan.

XS
SM
MD
LG