Линклар

BMTning Suriyadagi gumanitar ishchi guruhi rahbari Yan Egland Halab va Xoms shaharlarida so‘nggi 24 soat ichida yuzaga kelgan vaziyatni "o‘ta halokatli", deb baholadi.

Inson huquqlari bo‘yicha Suriya observatoriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 28 aprel kuni kechga yaqin Halab shahrining bombardimon qilinishi oqibatida yana kamda 20 odam halok bo‘lgan. Bir sutka ichida bu shaharda bombardimonlardan halok bo‘lganlar soni 61 kishiga yetgan.

Halabda prezident Bashar Assadga sodiq kuchlar hamda isyonchilar o‘rtasidagi janglar 22 apreldan qayta boshlangan edi.

O‘tgan bir hafta ichida janglarda halok bo‘lganlar soni 150 kishidan ortgan.

Ayrim xabarlarda Halabda Bashar Assadga sodiq kuchlarni Rossiya harbiy uchuvchilari havodan turib qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG