Линклар

Qozog‘istonning Aktau shahrida mamlakat parlamenti yerni sotishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilganiga norozilik sifatida o‘tkazilgan miting hukumat tomonidan tarqatildi.

Namoyishchilar shu yilning 1 iyulidan kuchga kiradigan qonunda yerni 25 yilga ijaraga berish to‘g‘risidagi modda bekor qilinishini talab qildilar. Ularga ko‘ra, mazkur modda erning sotilishiga asos yaratadi.

Norozilar prezident Nazarboevga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildira boshlaganidan so‘ng politsiya ularni maydondan haydab chiqargan.

Avvalroq Aqto‘be, Semey va Atirau shaharlarida ham mana shunday mitinglar o‘tkazilgan edi.

Bu norozilik aksiyalariga Ostona rasmiylarining joriy yil 1 iyulidan 1 million 700 ming gektar yer kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqidagi bayonotlari sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG